Farğona va Andijonda taşkilot yerini pullamoqçi bölgan mansabdorlar uşlandi

Farğona va Andijonda taşkilot yerini pullamoqçi bölgan mansabdorlar uşlandi

Farğonada 40,5 ming, Andijonda esa 15 ming AQŞ dollariga davlat taşkilotiga tegişli bölgan yerlarni noqonuniy tarzda pullamoqçi bölgan mansabdorlar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.


Önga köra, Farğona vodiysi magistral kanallardan foydalaniş boşqarmasi 2-Şahrixon bölimi 3-gidrouçastkasi boşliği çorvaçilik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroga katta Farğona kanali himoya hududidagi 30 sotix yer maydonini ijara asosida foydalanişi uçun mansabdor tanişlari orqali rasmiylaştirmoqçi bölgan. Bu işi evaziga esa, 3-gidrouçastkasi boşliği fuqarodan 40,5 ming AQŞ dollari talab qilgan. U oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati böyiça boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, mazkur noqonuniy işga Farğona vodiysi magistral kanallardan foydalaniş boşqarmasi bölim boşliği ham aloqador ekanligi aniqlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, 20 ming dollardan 3 ming dollarni olgan vaqtida uning noqonuniy harakati foş etilgan.

Bundan taşqari, uşbu yer maydonidan ijara asosida foydalanib kelayotgan Farğona vodiysi magistral kanallardan foydalaniş boşqarmasi 2-Şahrixon bölimi 3-gidrouçastkasi xodimi yerni beriş uçun 19 ming AQŞ dollari talab qilganligi holati ham tegişli tartibda rasmiylaştirilgan.

Berilgan axborotga köra, Andijon viloyatining Oltinköl tumanidagi taʼlim muassasasi direktori ham xizmat mavqeidan foydalanib, mazkur muassasa hududidagi 1,1 gektar yer maydoni xususiy avtomaktab tomonidan auktsion orqali yutib olingan bölişiga qaramay, uşbu masʼuliyati çeklangan jamiyat va taʼlim muassasasi örtasida tuzilgan kelişuv şartnomasini tasdiqlab beriş evaziga 15 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida qölga olingan.

Bildirilişiça, hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×