Keça, 3 avgust soat 23:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 26 301 (+235) nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 179 nafari Toşkent şahrida, 27 nafari Samarqand viloyatida, 18 nafari Namangan viloyatida hamda 11 nafari Farğona viloyatida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Keça Toşkent şahrida 531 nafar, Toşkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 26 nafar, Andijon viloyatida 22 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 19 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Farğona viloyatida 9 nafar, jami 755 nafar bemor tuzaldi.
Şunday qilib yurtimizda 17 262 (+755) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (65 foiz) soğaygan. Hozirda 8 880 nafar bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.









