Özbekiston Falastinga 1,5 mln dollar yordam ajratadi

Özbekiston Falastinga 1,5 mln dollar yordam ajratadi

Şavkat Mirziyoyev hozirda butun dunyoda xavotir uyğotayotgan masalaga töxtaldi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev gidroenergitika sohasida amalga oşirilayotgan loyihalar va energitika tizimini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş vazifalari ijrosi yuzasidan yiğiliş ötkazmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati kotibi Şerzod Asadov xabar berdi. Kun tartibiga ötişdan oldin prezident hozirgi kunda butun dunyoda katta taşviş va xavotir uyğotayotgan masalaga töxtalib ötgan.

Isroil armiyasi va Xamas harakati örtasida davom etayotgan qurolli töqnaşuvlar gumanitar inqirozni çuqurlaşlaştirayotgani, tinç, begunoh aholi orasida qurbonlar soni ortişiga olib kelayotgani haqida töxtalgan Prezident.

Şuningdek, bolalar va ayollar halok bölayotgani, odamlar boşpanasidan ayrilayotgani, öz uylarini taşlab ketişga majbur bölayotgani haqida töxtalgan.

«Biz Falastin va Isroil tomonidan qurbon bölgan barça insonlarning oilalariga çin dildan taʼziya va hamdardlik izhor etamiz.
Men Ğazo sektori aholisiga baholi qudrat yordam körsatiş uçun Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Yaqin Şarq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratiş haqida qaror qabul qildim.
Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qatʼiy bildiramiz va uning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi va Xavfsizlik Kengaşining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq öz mustaqil davlatini barpo etişga bölgan huquqini qöllab-quvvatlaymiz», – dedi Prezident.


×