Qozoğiston hukumati Falastin xalqiga gumanitar yordam körsatiş uçun 1 million dollar ajratadi. Bu haqda bugun, 3 noyabr kuni Ostonada bölib ötayotgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida respublika Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev maʼlum qildi.
"Tezkor vazifa vositaçilik rolini oşirişdan iborat. Hozir atrofimizda murakkab vaziyat yuzaga kelmoqda. Şimolda Rossiya va Ukraina örtasida, Yaqin Şarqda Isroil va Falastin örtasida ziddiyat davom etmoqda. Afğonistonda beqarorlik hukm surmoqda. Ğarbda noqonuniy migratsiya muammosi oğirlaşmoqda. Bugungi kunda Ğazo sektorida tinç aholi, ayniqsa, bolalar va qariyalar qarama-qarşiliklari qurboniga aylanmoqda. Asosiy vazifa ularning xavfsizligini taʼminlaşdir. Şu munosabat bilan men Falastin xalqiga 1 mln AQŞ dollari miqdorida gumanitar yordam körsatişga qaror qildim”, degan Qozoğiston rahbari.
Uning taʼkidlaşiça, önlab yillar davomida hal etilmagan dolzarb muammolarni zöravonlik va terroristik harakatlar orqali hal etişni mutlaqo qabul qilib bölmaydi.
"Qozoğiston bunday usullarni keskin qoralaydi. Vaziyatning keskinlaşuvi jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Şu munosabat bilan biz har qanday nizolarni faqat tinç muzokaralar va diplomatik muloqotlar yöli bilan hal qilişga çaqiramiz. Biz uçun barça davlatlarning hududiy yaxlitligini saqlaş va ularning içki işlariga aralaşmaslik asosiy ustuvor vazifalardir. BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyalarini qatʼiy amalga oşiriş, xalqaro huquq normalariga rioya qiliş muhim”, degan Töqayev.
Uning sözlariga köra, turkiy davlatlarning xavf va tahdidlarga qarşi kuraşişda birlaşişi, özaro yordam körsatişi va birgalikda samarali çoralar körişi har qaçongidan ham ahamiyatli.
“Sammit yakunlari böyiça muhim qarorlar qabul qilinişi, qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan .Bu çora-tadbirlarning barçasi turkiy dunyoning yanada gullab-yaşnaşi, mamlakatlarimiz birligini mustahkamlaşga qaratilgan. Işonçim komilki, ular mintaqada özaro hamkorlikni rivojlantirişga katta hissa qöşiş va taşkilot nufuzini yanada oşirişdagi işlarimizni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi”, deya qöşimça qilgan Qozoğiston Prezidenti.









