Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi. Biroz vaqt ötib, Özbekistonda unga nisbatan heç qanday jinoiy iş oçilmagani va u qidiruvda emasligi haqida Boş prokuratura maʼlum qildi.
Abdukarim Mirzayevning vakili, advokat Mahmud Said Arslon holat yuzasidan bayonot berdi. Quyida uni töliqligiça eʼlon qilamiz.
Özbekiston Respublikasi fuqarosi Abdukarim Mirzayev, Özbekiston va Turkiyada nomi keng jamoatçilikka maʼlum bölgan va tan olingan, hurmatga sazovor jurnalist, yozuvçi va rejissyordir. U oilasi bilan Kuçukçekmejeda istiqomat qiladi.
10.12.2020 yilda Istanbul Boş prokuraturasining buyruği bilan Abdukarim Mirzayevning uyida tintuv ötkazildi va uning telefoni tekşirildi. Jinoyat yoki jinoyat sodir etilganiga oid şubha tuğdiradigan heç qanday holat aniqlanmagani bois tergovni olib boruvçi prokuror tomonidan hatto uning körsatmalari ham olinmadi. Biroq politsiya guruhi Mirzayevni 3 kun mobaynida Kuçukçekmeje politsiya idorasida uşlab turgaç, uni 14.12.2020 yil sanasida Istanbul immigratsiya maʼmuriyati huzuridagi Binkilik (GGM) repatriatsiya markaziga topşirdi.
Istanbul immigratsiya maʼmuriyati 15.12.2020 yilda Mirzayevga jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid qilgani uçun deportatsiya qiliş va maʼmuriy qamoqqa oliş töğrisida buyruq çiqardi. Buyruqda esa Istanbul Boş prokuraturasi tomonidan yozilgan xat tufayli Mirzayev jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid solgan degan xulosaga kelingani yozilgan. Ammo Istanbul Boş prokuraturasi tomonidan yozilgan heç bir hujjatda Mirzayevning jinoyat sodir etganligi töğrisida dalil yoki maʼlumot mavjud emas, faqat tintuv ötkaziş talab qilingan.
Abdukarim Mirzayev heç qanday jinoyatga aloqador emas. U Kastamonu universiteti Ijtimoiy fanlar institutida jurnalistika böyiça magistratura bosqiçida tahsil olmoqda. U munosib va şarafli hayot keçirmoqda. U Turkiyada bölib turgan muddat davomida kuzatuvçilari soni 1 mlndan oşgan öz YouTube sahifalari orqali media mahsulotlar eʼlon qilgan, jamoatçilikni maʼrifatga undagan va heç bir nutqida nojoiz fikrlarni ifoda etmagan.
Abdukarim Mirzayevning ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvçilari uşbu jarayondan xabardor bölib, Mirzayevning vatanga qaytariş markazida ekanidan qattiq qayğuga tuşişdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda #freeAbdukariM ve #FreedomtoAbdukarim xeştegi ostida boşlangan kampaniyada maşhur jurnalist Mirzayevni tanigan insonlar uşbu holatga norozilik bildirişdi.
Mirzayevning ijtimoiy tarmoqdagi baʼzi kuzatuvçilari uşbu iş ortida Özbekiston hukumati turganini aytib, Özbekiston hukumatini ayblaşdi. Qariyb 35 ming tvitdan söng, Özbekiston Boş prokuraturasi bayonot berib, Abdukarim Mirzayevning deportatsiya qilinişini xohlamasligini bildirdi. Şu maʼnoda, maʼmuriy hibsga oliş töğrisida mazkur qaror qabul qilinişi ortidan sodir bölgan voqealar ikki mamlakat örtasidagi diplomatik inqirozga olib bormoqda.
Deportatsiya operatsiyasini bekor qiliş uçun 1-sonli Istanbul maʼmuriy sudiga daʼvo arizasi kiritilgan. Maʼmuriy qamoqni tugatiş töğrisida Istanbul Jinoyat sudi sudlariga yuborilgan arizalar murojaat sabablari örganilmagan holda, heç qanday asoslarsiz rad etildi. Istanbul Immigratsiya Boşqarmasi va Migratsiya Boş Boşqarmasiga qilingan murojaatlarga esa javob berilmagan.
Garçi heç qanday jinoyatda gumondor qilinmagani holda, Mirzayevni ozodlikdan mahrum qiliş inson huquqlarini jiddiy buziş hisoblanadi, şu bois maʼmuriy qamoq zudlik bilan bekor qilinişi darkor.
Hurmat bilan, Abdukarim Mirzayevning vakili advokat Mahmud Said Arslon.









