Ğazoda har kuni 400 bola halok böladi yoki yaralanadi – UNICEF

Ğazoda har kuni 400 bola halok böladi yoki yaralanadi – UNICEF

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar Jamğarmasi (UNICEF) Isroil va HAMAS örtasidagi qurolli töqnaşuvlar oqibatida halok bölayotgan, jabr körayotgan bolalarning ahvolidan taşvişda ekanini bildirdi va har ikki tomonni sulh tuzişga çaqirdi. Bu haqda Taşkilot özining rasmiy sahifasida bayonot berdi. 

Taşkilot keltirgan statistikalarga köra, sönggi 18 kun içida Ğazo sektorida 2 ming 360 kişi halok bölgan, 5 ming 364 kişi jarohat olgan. Bu har kuni 400 dan ortiq bolalar halok bölgani yoki yaralanganini anglatadi. Isroilda ham uruşdan jabr körgan bolalar bor. Jumladan, 30 dan ortiq isroillik bolalar hayotdan köz yumgan, önlab bolalar esa Ğazo sektorida asirlikda qolmoqda. Şu 18 kunlik muddat Ğazo sektori va Isroilda 2006 yildan beri BMT guvohi bölgan jangovar harakatlarning eng halokatli avj olişi ekani aytildi.

“Bolalarni öldiriş yoki mayib qiliş, ularni öğirlaş, şifoxonalar va maktablarga hujum qiliş, insonparvarlik yordamini rad etiş bolalar huquqlarining jiddiy buzilişidir. UNICEF zudlik bilan barça tomonlarni öt oçişni töxtatişga, insonparvarlik yordamiga ruxsat berişga va barça garovga olinganlarni ozod qilişga çaqiradi. Hatto uruşlarning ham qoidalari bor. Tinç aholini, ayniqsa bolalarni himoya qiliş kerak”, deydi UNICEF`ning Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika böyiça mintaqaviy direktori Adel Xodr. 

Şuningdek, Ğarbiy Sohilda ham qurbonlar sonining xavotirli ortişi kuzatilmoqda. Maʼlumotlarga köra, yuzga yaqin falastinliklar, jumladan, 28 nafar bola halok bölgan va kamida 160 nafar bola jarohat olgan. 

“Ğazo sektoridagi vaziyat bizning jamoaviy vijdonimizdagi doğ bölmoqda. Bolalarning ölimi va jarohati darajasi hayratlanarli. Bundan ham qörqinçlisi şundaki, agar insonparvarlik yordami, jumladan oziq-ovqat, suv, tibbiy buyumlar va yoqilği yetkazib berişga ruxsat berilmasa, har kuni qurbonlar soni ortib boraveradi”, deydi Xodr. 

Taşkilotga köra, şifoxonalarda tuğilgan çaqaloqlarning yaşab qolişi uçun elektr toki zarur. Bundan taşqari, Ğazo sektorining qariyb 2,3 million kişidan iborat bölgan butun aholisi oğir va keskin suv tanqisligiga duç kelgan. Bu yerda aholining qariyb 50 foizini bolalar taşkil etadi. Şuningdek, yaradorlar sonining köpligi ham dori-darmonga bölgan ehtiyojning qay darajada katta ekanini körsatadi. 

“Vayronalar ostidan oğir ahvolda qutqarib olingan va şifoxonalarda davolanişni kutayotgan bolalarning titrayotgani tasvirlari ular boşdan keçirayotgan ulkan dahşatni aks ettiradi. Ammo insonparvarlik yordamisiz, hujumlar oqibatida ölganlarning soni aysbergning uçigina bölişi mumkin. Agar inkubatorlar işlamay qolsa, şifoxonalar qoronği bölsa, bolalar xavfli suv içişda davom etsa va ular kasal bölib qolganda dori-darmonlardan foydalanişning imkoni bölmasa, ölim soni keskin oşadi”, deydi UNICEF vakili.


×