Toşkentda 7 bola uydagi hovuzga çökdi, 2 nafari halok böldi

Toşkentda 7 bola uydagi hovuzga çökdi, 2 nafari halok böldi

Toşkent şahrida öz uyida qarovsiz qoldirilgan 7 nafar bola hovuzga çökib ketdi. Ulardan 2 nafari vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Qayd etilişiça, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar bölimiga 7 nafar bola oğir holatda olib borilgan. Ulardan 2 nafari şifoxonaga yetib borgunça vafot etgan, 5 nafari jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Bolalarning hammasi koma holatida bölgan. Baʼzilariga 3 kun, baʼzilariga 1 hafta davomida sunʼiy nafas beriş apparati ulangan. Hozirda ulardan 3 nafari öziga kelib, palataga ötkazilgan bölsa, 2 nafari oğir ahvolda jonlantiriş bölimida qolmoqda. Bolalarning biriga 40 daqiqa muolaja qilingaç, yuragi urişni boşlagan.

Markaz şifokorining aytişiça, ular uzoq muddat komada qolgani bois yaşab ketiş ehtimoli kamroq. Agar şunday bölgan taqdirda ham bolalar nogiron bölib qolişi mumkin.


Teglar:
×