Özbekistonda 2022 yil yanvar-oktyabr oylarida yuz bergan 7636 ta yöl-transport hodisasi oqibatida 1931 kişi halok böldi, ularning 226 nafari — bolalar. Avvalroq SSV Özbekistonda YTHlar oqibatida 5−14 yoşli bolalar ölimi darajasi Yevropa mamlakatlariga qaraganda 4 baravar yuqoriligini maʼlum qilgan edi
Özbekistonda 2022 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida 7 636 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etilib, ular oqibatida 7 174 kişi jarohatlangan, 1 931 kişi halok bölgan. Halok bölganlarning 226 nafari bolalardir. Uşbu maʼlumotlar Senatning Mudofaa va xavfsizlik qömitasida 29 noyar kuni bölib ötgan yiğilişda maʼlum qilindi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.
Qömita raisi Qutbiddin Burhonov bolalar ölimi bilan boğliq holat haqida töxtalarkan, jumladan, şunday dedi: «Bu holat barçamizda birdek taşviş uyğotadi. Biz 200 dan ziyod bolaning ölimi haqida gapiryapmiz, vaholanki tinç zamonda bir nafar bolaning ham bu tarzda halok bölişi — fojia».
Yiğilişda tuman (şahar)lar kesimida «Xavfsiz yöl» indeksini yuritiş amaliyoti yölga qöyilgani, «Umr tezlikdan muhimdir» va «Xavfsizlik kamari — hayot garovi» şiorlari ostida kompleks tarğibot va taşviqot işlari taşkil etilganiga qaramay, ölimga olib kelgan YTHlar soni kamaymayotgani taʼkidlab ötilgan.
Avvalroq Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda YTHlar 18 yoşgaça bölgan öğil bolalar ölimining birinçi raqamli sababi ekani, mamlakatda YTHlar oqibatida 5 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalar ölimi darajasi Yevropa mamlakatlariga qaraganda tört baravar yuqori ekanini maʼlum qilgan edi.
Maʼlumot uçun, butun 2021 yil davomida Özbekistonda 10 001 ta YTH yuz bergan bölib, uşbu hodisalar oqibatida 9 230 kişi tan jarohati olgan, 2 426 kişi halok bölgan. Mamlakatda 2019 va 2020 yillarda YTHlar oqibatida mos ravişda 1 915 va 1 962 kişi halok bölgan edi.









