“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres madridliklar jamoasi yozgi transferlar oynasida yirik xaridni amalga oşirişga tayyor ekanini maʼlum qildi. Bu haqda Peres özining saylov oldi dasturida töxtalib ötdi.
“Olise? U ajoyib futbolçi, ammo gap u haqida emas. Bu boşqa öyinçi. U yarim himoyaçi yoki hujumçi. Xolandmi? Yöq, u ham emas. Doku ham emas. Bu futbolçi haqiqiy superyulduz. Uning kimligini bilganlarida odamlar hayratda qoladi. Moliyaviy jihatdan bu transfer Kriştianu Ronalduniki bilan tenglaşa oladi.Mening transferim Premer-ligadan bölmaydi. U yoş futbolçi”, deydi Peres.
COPE maʼlumotlariga köra, “qaymoqranglilar” PSJning 21 yoşli portugaliyalik yarim himoyaçisi Joau Neveşni öz safiga qöşib olişni rejalaştirmoqda. Klub futbolçi uçun 150 million yevro tölaşga tayyor va Peres aytgan superyulduz köp ehtimol bilan Neveş bölişi mumkin.
Maʼlumot uçun, Joau Neveşning parijliklar bilan amaldagi şartnomasi 2029 yil iyuniga qadar möljallangan.
Ötgan mavsumda Neveş Frantsiya çempionatida PSJ safida 21 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oşirdi.









