Maxsus prokuror Robert Myullerning Rossiya 2016 yildagi saylovlarga aralaşgani va AQŞ prezidentining Rossiya bilan aloqalari töğrisidagi hisoboti «Amerika xalqiga qarşi sodir etilgan eng ulkan yolğonçilikdir». Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp Atlantadagi saylovoldi mitingida aytdi.
Uning sözlariga köra, demokratik partiya vakillari uç yil davomida 2016 yilgi saylovlar natijalarini qayta körib çiqiş töğrisidagi «bemaʼni» fikr bilan öralaşib qolişgan.
Maxsus prokuror Robert Myuller Rossiyaning 2016 yilgi AQŞdagi prezidentlik saylovlariga aralaşuvi va Tramp saylovoldi ştabining Moskva bilan aloqalari böyiça suriştiruv ötkazdi. aprelda AQŞ adliya vazirligi yakuniy hisobotni eʼlon qildi. Unda aytilişiça, Trampning saylovoldi ştabi Moskva bilan til biriktirmagan, ammo Rossiya saylovlarga aralaşişga harakat qilgan.
Rasmiy Moskva bu ayblovni rad etdi.









