Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida yer hisobi va davlat kadastrlarini töliq şakllantiriş, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etiş masalalari yuzasidan kengaytirilgan yiğiliş boşlangani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilişiça, yiğilişda yöl, elektr, gaz taʼminoti, suv xöjaligi, obodonlaştiriş obʼektlari, köp qavatli uylarga tutaş hududlar kadastrida ham köplab muammolar mavjudligi qayd etildi.
«Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korruptsiya turibdi.
Yuqoridagi natijalar yer kadastri sohasida boşlagan işlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan işlar köp.
Bir narsani aniq tuşunib oliş lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va ğalladan böşagan yerlarni aholiga bölib berişni reja qilganmiz.
Agar yerning hisobi, aniq çegarasi bölmasa, bu işlarni amalga oşirib bölmaydi», — dedi Prezident.
Qayerda böş yer borligi töğrisida ham aniq maʼlumot yöqligi, bu bilan 30 yil heç kim şuğullanmagani qayd etildi. Oqibatda kadastr hujjati bölmagani bois 2 milliondan ziyod oilalar uy-joylarini na kredit garovi sifatida qöya oladi, na uni sota oladi.
Şu bois, mutasaddilarga işni quyidagi yönalişlarda taşkil etişga topşiriq berildi:
- kelgusi yil 1 aprelga qadar qişloq xöjaligi yerlarini hisobga oliş işlarini yakuniga yetkaziş;
- yer balansidagi farq böyiça yer maydonlarining egasi va aniq toifasini belgilab beriş;
- 38 mingta subʼektga tegişli yer ajratiş hujjatlari töliq bölmagan 1 million gektar maydonning ijara şartnomalarini rasmiylaştiriş;
- yer ajratiş töğrisidagi barça qarorlarni xatlovdan ötkazib, ularning egasi, manzili va çegarasini aniq belgilab, kadastr idoralariga beriş;
- dehqon xöjaliklarini kadastr röyxatidan ötkaziş işlariga 20 milliard söm ajratiş.









