“Zudlik bilan Yaqin Şarqni tark eting!” Şia qurolli guruhlari AQŞni ogohlantirdi

“Zudlik bilan Yaqin Şarqni tark eting!” Şia qurolli guruhlari AQŞni ogohlantirdi

Iroqdagi şia qurolli guruhlari AQŞni Iroq va Yaqin Şarqdagi boşqa davlatlardan qöşinlarini olib çiqib ketişga çaqirdi. Bu haqda AP agentligi xabar berdi.

Talabga köra, AQŞ qöşinlari mintaqadagi davlatlarni “zudlik bilan tark etişi kerak”. Aks holda ularning bazalariga hujum boşlanadi. 

"Bu ular uçun faqat ogohlantiriş va hali amaliyotga ötmadik", deya bayonot bergan Iroqning muxolifatdagi şia qurolli kuçlari.

Iroqning şia qurolli guruhlari agar Isroil Ğazo sektorida quruqlikdagi harbiy operatsiyalarini boşlasa, “Iordaniya bilan çegarani diqqat bilan kuzatiş” zarurligini maslahat bergan. Ammo buning sababini oçiqlamagan.

Eslatib ötamiz, Amerikaning Iroq ğarbidagi “Ayn al-Asad” harbiy bazasi GRADA raketasi bilan nişonga olingan va javobgarlikni Iroq islomiy qarşilik harakati öz zimmasiga olgan edi. 

Şuningdek, 19 oktyabr kuni Damaşqdan 250 km uzoqlikda joylaşgan AQŞ va Ğarb koalitsiyasining bazasiga ham hujum qilingan. Bu yerda ham uçuvçisiz qurilmalardan foydalanilgan. Bazada ikkita raketa portlagan. AQŞ Markaziy qömondonliga köra, bir neça amerikalik askar yengil jarohat olgan.


Teglar:
×