Örta va qisqa masofaga uçuvçi raketalar töğrisidagi şartnoma taqdiri atrofida noaniqlik saqlanib kelmoqda, biz uni uzaytirişni taklif etdik, lekin Vaşingtondan javobni eşitmadik", - degan Lavrov
Moskva AQŞning kosmosga qurol olib çiqiş rejasidan taşvişda, bu qurol-aslahalar poygasini yana yangilaşi mumkin, deb bayonot qildi juma kuni RF TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabari asosida.
"Biz AQŞning kosmos böşliğiga qurolni olib çiqiş rejasiga jiddiy kirişganidan taşvişdamiz, bu holat qurol-aslahalar böyiça yangi global poygaga olib kelişi mumkin", - dedi Lavrov, BRIKS mamlakatlari taşqi işlar vazirlari kengaşida çiqiş qilar ekan.
Lavrov şuningdek, harbiy byudjetning oşirilişi, strategik stabillikni uşlab turiş uçun ön yilliklar davomida şakllantirib kelingan arxitekturaning buzilişi xalqaro xavfsizlikka tahdid qilişini bildirdi.
Lavrov misol tarzida örta va qisqa masofaga uçuvçi raketalar töğrisidagi şartnomani keltirib ötdi.
"Örta va qisqa masofaga uçuvçi raketalar töğrisidagi şartnoma taqdiri atrofida noaniqlik saqlanib kelmoqda, biz uni uzaytirişni taklif etdik, lekin Vaşingtondan javobni eşitmadik", - deb qöşimça qildi u.









