Aliyev qurolli töqnaşuv böyiça murojaat bilan çiqdi

Aliyev qurolli töqnaşuv böyiça murojaat bilan çiqdi

Bugun, 27 sentyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston qurolli kuçlari örtasida sodir bölgan va davom etayotgan qurolli töqnaşuv xususida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat qildi. Uning murojaati barça mahalliy telekanallari orqali namoyiş etildi. 

Ozarbayjon armiyasi duşmanga qattiq zarba berayapti, deydi Prezident Ilhom Aliyev xalqqa murojaatida. 

"Hozirda Ozarbayjon armiyasi duşmanning harbiy pozitsiyalariga zarbalar bermoqda va uşbu zarbalar natijasida duşmanning köplab harbiy texnikalari yaroqsiz holga keltirildi", deydi Ozarbayjon Qurolli Kuçlari Oliy qömondoni. 

Davlat rahbari Armaniston azaldan Ozarbayjonni ataylab provokatsiya qilib kelganini esladi. 

Prezidentning aytişiça, bugun, 27 sentyabr kuni ertalab Armaniston Ozarbayjonga qarşi navbatdagi harbiy provokatsiyani boşlagan. 

Uning qayd etişiça, Armaniston qurolli kuçlari turli xil qurollardan, şu jumladan oğir artilleriyadan foydalangan holda bir neça yönalişlardan aholi punktlariga, bir vaqtning özida harbiy pozitsiyalarga qarata öq uzgan. Ozarbayjonning tinç aholisi va harbiy xizmatçilari orasida qurbonlar va yaradorlar bor. 

Rasmiy Yerevan esa qurolli hujum Ozarbayjon tarafidan boşlanganini aytib kelmoqda. 

“Ozarbayjon heç qanday provokatsiya qilmadi. Biz öz hududimizda jang qilmoqdamiz. Bugun Ozarbayjon armiyasi, Ozarbayjon yerlarida, duşmanga qattiq zarba berayapti”, deydi Ilhom Aliyev Yerevanga javoban.

Davlat rahbari, agar xohlasa, Ozarbayjon tomoni janglarni Armaniston hududiga ötkazişi mumkinligini taʼkidladi: "Ammo Armaniston hududida bizning harbiy maqsadlarimiz yöq". 

Eslatib ötamiz, rasmiy Bakuga köra, Terter mintaqasidagi Gapanli qişloği, Agdam viloyatining Çiragli va Örta Gervend qişloqlari, Fizuli viloyatining Alxanli va Çukurbeyli qişloqlari va Jebroil viloyatining Jojug Marjanli qişloğiga Armaniston tomonidan intensiv öq otilgan. Natijada tinç aholi orasida öldirilgan va yaralanganlar bor. Fuqarolik infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holatga nisbatan allaqaçon Rossiya va Turkiya Taşqi işlar vazirliklari munosabat bildirdi. 

×