Rossiya AQŞni kamida “ön marta” yer bilan yakson qilişga qodir, deya yozadi Xitoyning Sohu naşri. RIA Novosti maqolani tarjima qildi.
Maqolada qayd etilişiça, Rossiya özining ulkan yadroviy zaxiralari tufayli şunday imkoniyatga ega. Xususan, Rossiya yadro quroli, ularni yetkazib beriş vositalari, yadro quroli uçun boşlanğiç maydonça, jumladan, Tu-160 samolyotlari, ballistik raketalarga ega.
Xitoy naşri Rossiyaning suv osti “Borey” ballistik raketalariga alohida eʼtibor qaratgan.
Maqola mualliflari Rossiya AQŞga nisbatan “özini qöpol tutişda” davom etayotgani va Amerika hukumatini dovdiratib qöyayotganini taʼkidlaşgan.
“Dunyodagi vaziyat şunaqaki, Qöşma ştatlarning taʼsiri pasaymoqda, va Rossiya kelajakda öz ustunligini qayta tiklaşi mumkin”, - deya yoziladi maqola matnida.
Taʼkidlanişiça, AQŞ Suriya va Ukrainadagi vaziyat borasidagi ziddiyat tufayli Rossiyaga “zarba berişi” mumkin edi. Biroq amerikaliklarni ehtimoliy javob zarbasi töxtatib turibdi.
Maqola mualliflarining fikriga köra, NATOga aʼzo mamlakatlar kuç qöllaşda juda ehtiyotkor bölişlari zarur, zeroki bu falokatga olib kelişi mumkin.









