Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov MDHda mehnat migrantlarining guvohnomalarini tan oliş tartibini unifikatsiya qiliş zarurligini maʼlum qildi.
“Mehnat migrantlarining guvohnomalarini özaro tan olişning yagona mexanizmini işlab çiqiş taklif qilinmoqda”, degan u keça, 12 noyabr kuni videokonferentsiya formatida bölib ötgan MDH Hukumat rahbarlari kengaşi yiğilişida.
Şuningdek, u Hamdöstlik mamlakatlari iqtisodiy ösiş ehtiyojlarini hisobga olgan holda MDH mehnat bozorini yaxşilaş böyiça birgalikda çora-tadbirlar köriş dolzarbligini taʼkidlagan.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, 2021 yil boşida 1,6 milliondan ortiq kişi (iqtisodiy faol aholining qariyb 20 foizi) Özbekistondan taşqarida, jumladan, 1,2 millionga yaqini Rossiyada mehnat qilgan.
Avvalroq, Rossiyada migratsiya qonunçiligini kodlaştiriş va qöşni davlatlardan mamlakatga kirib kelayotgan barça mehnat muhojirlarini majburiy genomik röyxatga oliş tartibi örnatilişi mumkinligi haqida xabar bergandik.









