Putinning suhbatini olgan Makron xavotirli başorat qildi

Putinning suhbatini olgan Makron xavotirli başorat qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Frantsiya yetakçisi Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbatlaşdi va Ukraina rasmiylarining muzokaralarni keçiktirişga urinişlari Moskvaning yangi talablarini paydo qilişini taʼkidladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bergan.  

“Putin Kiyev vakillari bilan muzokaralar kontekstidagi fundamental yondaşuvlar va şartlarni batafsil bayon qildi”, deyilgan xabarda. 

Şu bilan birga, Putin Makronning Frantsiya xalqiga murojaatida aytilgan köplab fikrlarga qöşilmasligini taʼkidlagan. 

“Bu, xususan, Emmanuel Makronning Rossiya Ukrainada natsizmga qarşi kuraşayotgani haqidagi “yolğon” bayonotiga taalluqlidir. Şu munosabat bilan Kiyevning davlat siyosatida neonatsistlarning muhim roli haqida asosli tuşuntirişlar berilgan”, deyilgan matbuot xizmati xabarida. 

Rossiya rahbari gumanitar muammolarni hal qilişda xorijiy hamkorlar bilan işlaşga tayyorligini tasdiqlagan va Makronni xorijliklarni Ukrainadan xavfsiz evakuatsiya qiliş uçun saʼy-harakatlarni birlaştirişga çaqirgan. 

“Xususan, Ukraina xavfsizlik kuçlari tomonidan garovga olingan Xarkovdagi hindistonlik talabalarning katta guruhi haqida gap bordi. Emmanuel Makron Kiyev rahbariyati bilan tegişli işlarni olib borişga vaʼda berdi”, deya qöşimça qilgan Kreml. 

Putin rossiyalik harbiylar tinç aholi hayotini saqlab qoliş uçun hamma narsani qilayotganini taʼkidlagan.

“Yuqori aniqlikdagi qurollar faqat harbiy infratuzilmani yöq qiliş uçun qöllaniladi. Davom etayotgan raketa hujumlari va Kiyev va Ukrainaning boşqa şaharlarini bombardimon qiliş haqidagi daʼvolar haqiqatga töğri kelmaydi, ular Rossiyaga qarşi dezinformatsiya kampaniyasi elementlari hisoblanadi”, degan Prezident. 

Putin Rossiya “millatçilik tuzilmalari jangarilariga” qarşi murosasiz kuraşni davom ettirişini qöşimça qilgan. 

“Maxsus harbiy operatsiya topşiriqlari har qanday holatda ham bajarilişi, muzokaralarni çöziş orqali vaqt yutişga uriniş bizning muzokara pozitsiyamizda Kiyevga qöşimça talablar qöyişga olib kelişi taʼkidlandi”, deyilgan Kreml xabarida.

Makron Putin bilan muzokaradan söng Ukrainadagi vaziyat yanada yomonlaşişi mumkinligini aytgan. 

“Respublika Prezidenti eng yomoni hali oldindaligini aytmoqda, Putinning heç bir gapi işontirmaganini hisobga olsak, u qatʼiy edi”, deyilgan Frantsiya manbasi xabarida.

×