Isroilning 7 oktyabrdan buyon Ğazoga yoğdirayotgan bombalari oqibatida kamida 1756 nafar falastinlik bola halok böldi, 4000 dan ziyodi esa jarohatlandi, deb xabar berdi «Defense for Children International – Palestine» taşkiloti.
Bu esa Isroil aviahujumlaridan har 15 daqiqada bir bola hayotdan köz yumayotganidan dalolat beradi.
Tahlillarga qaraganda, Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgan 2022 yil 24 fevraldan buyon ötgan vaqt davomida 554 nafar ukrainalik bola halok bölgan. Isroilning galdagi harbiy amaliyoti boşlangan sönggi 14 kun içida esa Ğazoda bundan uç baravar köp norasidalar öldirildi.
Ğazoda halok bölgan bolalarning janozasi. Foto: AFP
BMTning Bolalar jamğarmasi (YUNISEF) Ğazoda bolalar ölimi soat sayin oşib borayotganidan xavotir izhor qilib, uni töxtatişni talab qilgan.
«Ayni paytda Ğazodagi biror bir bolaning joni xatardan xoli emas. Xunrezlik kuçayib boryapti va uning oxiri ham körinmayotir. Bolalarning öldirilişi va majruh etilişi, maktab va şifoxonalarga hujum uyuştirilişi jiddiy qonun buzilişi bölib, aybdorlar öz xatti-harakati uçun javob berişi kerak. Har kuni terrorga röbarö bölayotgan bolalar, şuningdek, oçlik, qönimsizlikdan aziyat çekmoqda. Ularga kömak yölining tösilgani gumanitar falokatni muqarrar qilmoqda», – deya bong uradi «Save the Children» xalqaro taşkiloti.
Taşkilotga köra, 16 yildan buyon qamal şaroitida yaşayotgan Ğazo mintaqasida sifatli tibbiy xizmat imkoni yöqligi sabab onalar va bolalar ölimi şundoq ham köp kuzatiladi.
YUNISEF bolalar joniga qasd qilişni töxtatişga çaqirdi. Foto: AP
Isroil davlati HAMASning hujumiga javoban 2,3 million aholi yaşayotgan Ğazoni suv, oziq-ovqat, elektr energiya va dori-darmondan mahrum qildi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, aviahujumlar oqibatida Ğazodagi 26 ta şifoxona va tibbiy muassasa jiddiy talafot körgan. Hududdagi şifoxona va ölikxonalarda böş joy qolmagan. Şifokorlar operatsiyalarni bemorga narkoz bermay ötkazişga majbur bölmoqda. Muzqaymoq yetkazuvçi maşinalar esa jasadlarni taşimoqda.
BMT Ğazodagi 50 mingga yaqin homilador ayollar va ularning tuğilajak çaqaloqlari joni ham qil ustida turganidan xavotirda.
Xalqaro taşkilotlarga köra, Falastinning Isroil işğoli ostidagi boşqa hududi – Ğarbiy sohilda tez-tez uyuştiralyotgan aviahujumlarda ham tinç aholi, jumladan, bolalar halok bölmoqda.









