Özbekistonda koronavirus infektsiyasiga çalingan bolalar soni keskin köpaymoqda, hatto ular orasida ölim holati ham qayd etilgan. Bu haqda «Rost24» naşri tomonidan tayyorlangan lavhada maʼlum qilindi.
Maʼlumotlarga köra, 4 ming öringa möljallangan Toşkent viloyatidagi Zangiota maxsus şifoxonasida şu vaqtgaça 37 mingga yaqin bemorlar davolanib soğaygan. Ayni kunlarda şifoxona 35 foiz quvvatda faoliyat körsatmoqda. 2020 yilning dekabr oyida bu yerda 50 örinli bolalar bölimi ham taşkil etilgan bölib, hozirda u 100 öringa kengaytirilgan.
Taʼkidlanişiça, oxirgi vaqtda bolalar orasida koronavirusga çalinganlar köpayişi kuzatilmoqda. Mazkur ixtisoslaşgan şifoxonada 2020 yilning dekabr oyida — 38 nafar, 2021 yilning yanvar oyida — 82 nafar, fevral oyida — 94 nafar va mart oyida esa 165 nafar, jami 465 nafar bola davolangan.
«Bolalar orasida COVID kasalligi köpaydi deyiş mumkin. Bundan taşqari, bolalarda pnevmoniya holatlari ham kuzatilmoqda. Ayni kunda bölimimizda 27 nafar bolaning 13 nafar pnevmoniyadan davolanmoqda», — deydi şifoxonaning bolalar bölimi boşliği örinbosari Hilola Alimova.
Şifokorlarning aytişiça, mazkur bölim oçilganida koronavirusga çalingan bolalarda klinik simptomlaridan quruq yötal va tana haroratining kötarilişi kuzatilgan. Oxirgi bir oy içida esa bolalar iç ketişi bilan kelmoqda, yaʼni bolalarda holsizlik va tana haroratining kötariliş kuzatilyapti.
Ayni kunlarda davolanuvçilarning asosiy qismi 5 yoşgaça bölgan bolalar taşkil etmoqda. Şuningdek, maktab öquvçilari ham bor. «Bolalar oldingi uslubda yaʼni ança yengil muolajada davolanişmoqda, bakteriya bölsa, antibiotiklar qöşiladi», — deydi Hilola Alimova.
Bolalar bölimining jonlantiriş bölimida bemorlar yöq. Kasallikka çalinganlar soğaymoqda. Şu vaqtgaça Zangiota maxsus şifoxonasida bir nafar ölim holati bölgan.
Maʼlumot uçun, Zangiota 1-şifoxonasida 860 nafar, 2-şifoxonada 632 bemor davolanmoqda, ammo şifokorlarning aytişiça, pnevmoniyani ötkazib yuborgan holda kelayotganlar köp uçramoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda ötgan bir sutka içida yana 302 kişida koronavirus tasdiqlandi — mamlakatda koronavirusga çalingani rasman tan olinganlar soni 86 982 nafarga yetdi.









