Dunyoda jurnalistlar ölimi böyiça raqamlar eʼlon qilindi

Dunyoda jurnalistlar ölimi böyiça raqamlar eʼlon qilindi

2020 yilda 45 nafar OAV xodimi xizmat vazifasini bajariş çoğida halok bölgan.

Bu maʼlumotlar Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (XJF) tomonidan yakuniy hisobotda keltirilgan.

Unga köra, Osiyo-Tinç okeani mintaqasida 20, Amerikada 10, Afrikada 8, Yevropada 6, Yaqin Şarq va arab dunyosida bir nafar jurnalist halok bölgan.

Eronda sodir bölgan baxtsiz hodisada yana ikki OAV xodimi halok böldi.

Bundan taşqari, ommaviy axborot vositalari vakillarining eng köp öldirilişi Afğonistonda (9 ta holat) va Meksikada (8 kişi halok bölgan) sodir bölgan.

Hindistonda yana 4 nafar, Pokistonda 3 nafar jurnalist halok bölgan.

XJF rasmiy maʼlumotiga köra, 33 nafar jurnalist maqsadli hujumlar nişoniga olingan. Federatsiya, şuningdek, 2021 yilda dunyo böylab 365 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi qamoqqa olinganini taxmin qildi.

Maʼlumot uçun “Press Emblem” kampaniyasi 2021 yilning dekabr oyidagi hisobotida 77 jurnalist öldirilgani maʼlum qilingandi. 

×