Özbekistonda 54 ta jazoni ijro etiş muassasalari mavjud bölib, undan 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil koloniya va 11 tasi tergov hibsxonlari hisoblanadi.
Içki işlar vazirligi taqdim etgan maʼlumotlarga köra, jazoni ijro etiş tizimida 22 mingdan ortiq, şundan 7 mingdan ortiği manzil koloniyada, 14 mingdan ortiq mahkumlar yopiq turdagi koloniyalarda jazo muddatini ötamoqda.
Qayt etilişiça, jazo muddatini ötayotgan mahkumlarni saqlaş şaroitlarining şaffofligini taʼminlaş hamda qiynoq va jismoniy tazyiq ötkaziş bilan boğliq salbiy holatlarning oldini oliş maqsadida tizimdagi 54 ta jazoni ijro etiş muassasalari 3 280 dona zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan.
Maʼlum qilinişiça, şundan, 2 203 tasi jazoni ijro etiş muassasasi yaşaş sahniga, 432 tasi işlab çiqariş sahniga, 645 tasi taşqi maʼmuriy hududga örnatilgan.
Maʼlumot uçun, 2020 yil 1 avgust holatiga köra, AQŞda har yuz ming odamdan 639 nafari, Rossiyada 340 nafari, Turkiyada 335 nafari, Belarusda 343 nafari, Özbekistonda 68 nafari jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötamoqda.









