Turkiya Milliy razvedka taşkiloti tomonidan Suriyada uyuştirilgan maxsus operatsiya davomida IŞID terror taşkiloti yetakçisi Abu Husayn al-Qurayşiy qurşab olindi. Qölga tuşişni xohlamagan terrorçi “xudkuş kamari” bilan özini portlatib yuborgan. Bu haqda Turkiya xavfsizlik kuçlaridagi manbalariga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Anqaradagi xavfsizlik manbalariga köra, Turkiya Milliy razvedka taşkiloti IŞIDning “yangi xalifasi” Suriya şimolidagi Afrin-Jinderes mintaqasida ekani va tez orada bu manzilni tark etmoqçiligi haqida maʼlumot olgan.
Şundan söng, guruh rahbarini zararsizlantiriş operatsiyasi 2023 yilning 29 aprelida ötkazilgan. Turkiya Milliy razvedka taşkiloti maxsus kuçlari otryadi sirli yer osti bunkeri bilan terrorçi yaşiringan uyga yetib kelgan. Al-Qurayşiydan taslim böliş söralgan, ammo javob bölmagan.
Keyin tezkor guruh avval boğ devorini, söngra kiriş eşiklari va yon devorlarini portlatib, bino içiga kirgan. Terrorçi qölga tuşişini anglagaç, “xudkuş kamari” bilan özini portlatib yuborgan.
Taxminan 4 soat davom etgan operatsiyada Turkiya Milliy razvedka taşkiloti maxsus kuçlari askarlari va tinç aholi vakillaridan heç kim jabrlanmagan.
Maʼlumot uçun, Abu Husayn al-Qurayşiy 2013 yilda IŞID terror taşkilotiga qöşilgan. Qisqa vaqt içida u guruhning “top yetakçi”laridan biriga aylanişga muvaffaq bölgan. U 2022 yil noyabrida özidan oldingi yetakçi Abu al-Hasan al-Hoşimiyning maxsus operatsiyada öldirilganidan söng terror taşkilotiga rahbarlik qilgan.
Eslatib ötamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan turk maxsus xizmatlari operatsiyasi davomida Abu al-Husayn al-Husayniy al-Qurayşiy zararsizlantirilganini maʼlum qilgandi.









