Kuniga 10 ming qadam yurganlarga imtiyoz beriladi – Prezident qarori loyihasi

Kuniga 10 ming qadam yurganlarga imtiyoz beriladi – Prezident qarori loyihasi

Özbekistonda yuriş böyiça maʼlum miqdorni bosib ötganlarga davlat xizmatlarini körsatişda 50 foizlik çegirma berilişi nazarda tutilmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy sportni rivojlantiriş va soğlom turmuş tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasida aytilgan. Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştirildi.

Qarorga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar aholini kunlik yuriş va yugurişga tarğib qiliş maqsadida “Yangi nafas” platformasini işga tuşirişi lozim. 

Bunda, bir kunda kamida ön ming, bir oy davomida uç yuz ming, bir yil davomida 3,6 mln qadam yurgan şaxsga barça davlat xizmatlari körsatiş sohasida 50 foiz imtiyoz berilişini hamda sport inşootlaridan foydalaniş uçun abonement taqdim etilişini nazarda tutilmoqda. 

Qarorda Adliya vazirligi “Yangi nafas” platformasini davlat xizmatlari körsatiş tizimi bilan integratsiya qilinişini taʼminlaşi belgilanmoqda.

Qolaversa, mehnat jamoalari aʼzolarining “Yangi nafas” platformasidan foydalaniş samaradorligi natijalariga qarab vazirlik va idoralar, mahalliy davlat boşqaruv organlari rahbarlarining işiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining xulosasiga asosan baho beriladi.

×