Özbekistonda OTMga öqişga kiriş uçun röyxatdan ötiş jarayoni boşlandi

Özbekistonda OTMga öqişga kiriş uçun röyxatdan ötiş jarayoni boşlandi

Bugun, 20 iyun kuni Özbekistonda OTMlariga öqişga kiriş uçun röyxatdan ötiş jarayoni boşlandi. Qabul jarayoni 1 oy — 20 iyulgaça davom etadi.

Hujjatlar töliq onlayn şaklda topşiriladi. Buning uçun ikkita platforma işlab turadi:

1. Davlat test markazining sayti (abitur.dtm.uz);
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz).

Joriy yildan abituriyentlarga test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bölgan 5 tagaça bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etiş huquqi berildi.

Eslatib ötamiz, bu yilgi imtihonlarda 2 ta fandan test topşiriladi.

×