Hukumat qarori bilan Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari taʼlim taşkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.
Nodavlat taʼlim taşkilotlari pedagoglariga öz xohişiga köra attestatsiyadan ötib toifa oliş huquqi beriladi. Bunda pedagoglarning malaka toifalari ular boşqa taʼlim taşkilotiga, taʼlim taşkilotining bir turidan boşqasiga yoki nodavlat taʼlim taşkilotidan davlat taʼlim taşkilotiga işga ötganda saqlab qolinadi.
Amaldagi tartib böyiça malaka toifalari faqat davlat taʼlim taşkilotlari pedagoglariga berilayotgandi.
Qaror prezidentning Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida qabul qilingan.









