Import bojxona bojlari va mamlakatga olib kiriladigan aktsiz soliğiga tortiladigan tovarlarga aktsiz soliği stavkalari qayta körib çiqildi.
Özgartirişlar 2020 yil 1 yanvardan kuçga kiradi.
"Norma"ning yozişiça, özgartirişlar milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş, mahalliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini qöllab-quvvatlaş, innovatsion rivojlaniş va eksportga yönaltirilgan işlab çiqarişni taşkil etiş uçun şart-şaroitlar yaratiş, qulay investitsiya muhitini şakllantirişga qaratilgan.
Aktsiz böyiça uçta özgartiriş nazarda tutilmoqda:
• import qilinadigan şakarga (oq rangli, xuşböy taʼm yoki rang beruvçi qöşimçalar qöşilmagan, TIF TN kodi 1701 99) 20 foizlik stavka böyiça soliq solinadi). Hozir uşbu pozitsiyada aktsiz tölanmaydi;
• import qilinadigan suv, muz va qorga (TIF TN kodi 2201) stavka 50 foizgaça oşiriladi, biroq bir litr uçun 0,25 AQŞ dollaridan kam bölmagan miqdorda belgilanadi. 2019 yilda u bojxona qiymatining 25 foizini taşkil qiladi;
• import qilinadigan, işlab çiqarilganiga 2 yil bölgan, ekvivalentda 40 ming AQŞ dollari va undan ortiq qiymatga ega yengil avtomobillarga (TIF TN kodlari 8703 22, 8703 23, 8703 23 194 0, 8703 24, 8703 31, 8703 32, 8703 33) qöllanilgan bojxona qiymatining 20 foizi miqdoridagi imtiyozli stavka bekor qilinadi.
Bojxona bojlari qismiga keng kölamli özgartirişlar kiritilmoqda. Mohiyatiga köra, amaldagi stavkalar tizimining yangi tahriri qabul qilingan.
Natijada deyarli har bir tovar guruhi doirasida miqdorlar yangilandi: oziq-ovqat va nooziq tovarlari, sanoat mahsulotlari, transport vositalari va h.k. Asosan, advalor stavkalarni kombinatsiyalangan stavkalarga özgartiriş orqali ularni oşiriş (yaʼni quyi çeklangan qiymatni joriy qiliş, tahr. izohi), amaldagi nol darajali stavkalarni bekor qiliş hamda boj olinadigan yangi pozitsiyalarni kiritiş haqida aytilmoqda.
Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalarni körib çiqiş vazifasi yuklandi:
xalqaro amaliyotdan kelib çiqqan holda xalqaro kurerlik jönatmalari uçun bir martalik bojsiz narx va oğirlik meʼyorlarini joriy etiş hamda uşbu meʼyorlardan oşgan taqdirda alohida yiğimlarni undiriş;
2020 yil 1 yanvardan boşlab bojxona boji va aktsiz soliği böyiça imtiyozlarni uşbu imtiyozlarning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini işlab çiqariş böyiça quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qiliş.









