Seşanbaga ötar keçasi Ukraina Rossiya tomonidan egallangan Lugansk va Berdyanskdagi ikkita aerodromga zarba beriş uçun uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalangan. Bu haqda The Wall Street Journal va Politico kabi ğarb manbalari xabar berdi.
Vaziyatdan xabardor manbalarga köra, sönggi kunlarda AQŞ tomonidan Ukrainaga oz sonli ATACMS raketalarini yaşirin ravişda yuborilgan. WSJ maʼlumotlariga köra, ular Ukraina qurolli kuçlarining qarşi hujumning muhim bosqiçida rus qöşinlariga uzoq masofadan zarbalar beriş qobiliyatini kengaytiradi.
Kiyev uzoq vaqtdan beri AQŞdan rus qöşinlarining orqa tarafdagi nişonlariga zarba beriş uçun uzoq masofaga uçuvçi qurollar sörab keladi.
Taqdim etilgan ATACMS raketasining uçiş masofasi taxminan 160 km ni taşkil qiladi.
Seşanba kuni Ukraina maxsus operatsiyalar kuçlari vaqtinça bosib olingan Berdyansk va Luganskdagi aerodromlarda Rossiya harbiy texnikasiga hujum uyuştirilgani, natijada turli modifikatsiyadagi töqqizta rus vertolyoti, maxsus texnika, havo hujumiga qarşi mudofaa moslamasi, öq-dorilar ombori yöq qilinganini bayon qilgan.
Keyinroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur qurollar haqidagi maʼlumotlarni tasdiqladi.









