Peskov Ukrainaga raketaga qarşi qurol beriş nimaga olib kelişini aytdi

Peskov Ukrainaga raketaga qarşi qurol beriş nimaga olib kelişini aytdi

Ukrainaga Amerikaning havo hujumidan mudofaa tizimlarining yetkazib berilişi mojaroni yanada uzoq davom etadigan va Ukraina uçun oğriqli qiladi, ammo Rossiyaning maqsadlarini özgartirmaydi. Bu haqda RF Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga maʼlum qildi.

“Keça siz bilan birgalikda bunday maqsad haqida havo hujumidan mudofaa tizimlariga oid rasmiy bayonotlardan bilib oldik. Yana bir bor takror aytaman, bu Ukraina tomoni uçun mojaroni uzoqroq va oğriqli qiladi, ammo bu bizning maqsadimizni va yakuniy natijani özgartirmaydi”, deydi Peskov.

Matbuot kotibi, şuningdek, Rossiya va Ukrainani muzokaralar stoliga ötkaziş uçun hamma narsa qilinişi kerak, degan AQŞ ştab boşliqlari birlaşgan qömitasining sobiq raisi Maykl Myullenning sözlariga ham izoh berdi.

“Hozirgi maʼmuriyat, AQŞning amaldagi harbiy rahbarlari sobiq hamkasblarining fikriga qançalik quloq tutişini bilmaymiz. Bu bizga qoronğu. Hozirça biz amaldagi maʼmuriyat, amaldagi harbiylarning qurol-yaroğ yetkazib berişni davom ettiriş va aslida bu mojaroni yanada çöziş niyati haqida rasmiy bayonotlarini eşityapmiz”, deydi u.

Eslatib ötamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boşqa bir qator şaharlarini kuçli raketa zarbalariga duçor qildi. Ukraina butun mamlakat böylab havo ogohlantirişini eʼlon qildi. Kiyevda, şuningdek, Ukrainaning boşqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlaşlar sodir böldi. 

Içki işlar vaziri maslahatçisi Rostislav Smirnovning aytişiça, kamida 14 kişi halok bölgan, 60 ga yaqin kişi jarohatlangan. Portlaş oqibatida oltita avtomobil vayron bölgan, yana 15 tasi zarar körgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga köra, portlaşlar Ukraina xavfsizlik xizmati maʼmuriyati binosi hududida, şuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska köçasidagi kabinetlaridan birida sodir bölgan. Kiyev metrosida qizil çiziqda poyezdlar harakati töxtatildi, barça yerosti stantsiyalari boşpana sifatida işlaydi. 

Hujum ortidan AQŞ Jo Bayden Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilişiga vaʼda berdi. Şuningdek, Germaniya Ukrainaga bir neça kun içida avval vaʼda qilingan törtta zamonaviy örta masofaga möljallangan IRIS-T SLM Infra Red Imaging System Tail havo mudofaa tizimidan birinçisini yetkazib beradi.

manba: qalampir.uz

×