Polşa Boş vaziri Mateuş Moravetskining aytişiça, hozir Ukrainaga qurol berilmayapti, çunki mamlakat öz armiyasini qurollantiriş bilan band. Bu haqda u Polsat telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Ukraina özini Rossiyaning şafqatsiz hujumidan himoya qilmoqda va men bu vaziyatni tuşunaman, lekin aytganimdek, biz öz mamlakatimiz himoyasini ham öylaşimiz kerak. Endi Ukrainaga qurol bermayapmiz, çunki hozir Polşani qurollantiryapmiz», — dedi Moravetski.
Moravetskining bayonoti Kiyev va Varşava örtasida Ukraina donini eksport qiliş borasidagi kelişmovçiliklar fonida ommaviy axborot vositalarining keng eʼtiborini tortdi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan beri Polşa Kiyevga uç milliard yevrodan ortiq harbiy yordam körsatgan. Bu taʼminotlar orasida öq-dorilar, zirhli va oğir texnikalar, qiruvçi samolyotlari bor edi.









