Arab davlatlari ligasi Isroilga şart qöydi

Arab davlatlari ligasi Isroilga şart qöydi

Arab davlatlari ligasi (ADL) Isroilni Ğazo sektori blokadasini töxtatişga va mojaroni tinç yöl bilan hal qilişni boşlaşga çaqirdi. Bu haqda taşkilotga aʼzo davlatlar taşqi işlar vazirlarining favqulodda yiğilişi yakunlari böyiça qöşma bayonotida söz boradi.

“Biz Ğazo sektori blokadasini bekor qilişga va arablar taşabbusiga köra tinçlik yeçimi ustida işlaşga çaqiramiz”, deyiladi hujjatda.

Keça, 12 oktyabr kuni Qohirada Arab Ligasi kengaşining taşqi işlar vazirlari darajasidagi favqulodda yiğilişi bölib ötdi. Uning iştirokçilari Falastin maʼmuriyatini qöllab-quvvatlaşlarini tasdiqlab, muammoni tinç yöl bilan hal qilişga çaqirişdi. Xususan, Arab Ligasi Boş kotibi Ahmad Abu al-Gayt tinç aholiga qarşi kuç işlatişni qoralab, tomonlarni zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqirdi.

Eslatib ötamiz, Iordaniya Isroil tomonidan töliq blokadada bölgan va yirik hujumlarga uçragan Ğazo sektori aholisi uçun samolyotda insonparvarlik yordami jönatgan edi.

Avvalroq, Isroil Damaşq va Halab aeroportlaridagi uçiş-qöniş yölaklariga zarba bergani haqida xabar berilgan edi.

Isroil-Falastin mojarosi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab Ğazo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boşlandi. Keyinçalik HAMAS Isroilga qarşi “Al-Aqso töfoni” harbiy operatsiyasi boşlanganini eʼlon qildi. Isroil Mudofaa kuçlari esa bunga javoban “Temir qiliçlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boşladi.

Şundan söng, Boş vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan çiqib, mamlakatda sodir bölayotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki tölaqonli uruş ekanini aytdi. 9 oktyabr kuni Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil harbiylari Ğazo sektorini keng kölamli blokadaga kirişayotganini maʼlum qildi. U Ğazo sektorida elektr, oziq-ovqat, yoqilği bölmasligini, hamma narsa yopilişini aytdi. 

Şuningdek, Isroil Ğazo sektoridagi Al-Yarmuk, Al-Emin Muhammad, Ahmad Yasin, Muhammad El-Habib, Es-Susi va Al-Ğarbi masjidlariga zarba berdi. Bu orada Amerika Qöşma Ştatlari Ğazo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlaş uçun” Yaqin Şarqqa qöşimça 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvçi samolyotlarini yuborişi maʼlum böldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uçun avval tasdiqlangan mablağlarni ajratişni töxtatdi.


Teglar:
×