Habib karerasini tiklaş uçun UFC’ga şart qöydi

Habib karerasini tiklaş uçun UFC’ga şart qöydi

Avvalroq, UFC rahbari Dana Uayt UFC’ning yengil vazn toifasida amaldagi çempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov bilan muzokaralari natijasini eʼlon qilişi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Dana Uayt öz vaʼdasida turib, Habibning katta sportga qaytişi böyiça qanday qarorga kelganini maʼlum qildi. Unga köra, rossiyalikning qaytişi UFC-257 musobaqasiga boğliq.

“Habib UFC`da nimaga erişişi kerak bölgan bölsa, barçasiga erişib böldi. Biroq Habib kelasi hafta UFC-257 da oktagonga kötariladigan Konor-Pore va Çendler-Xuker jangini tomoşa qilişini, agar ular Habibni nima bilandir hayron qoldira olişsa, unda qaytişini maʼlum qildi.

Aynan ular Habibni oktagonga qaytişga majbur qiladigan jangni taşkil etişlari lozim. Öşanda Habib 30-jangini ötkazadi”, degan Uayt.

Maʼlumot örnida, Habib Nurmuhamedov 2020 yil 24 oktyabr kuni  Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da amerikalik Jastin Getjini mağlubiyatga uçratganidan söng, sportdagi faoliyati yakunlanganini eʼlon qilgan edi.

×