Habib Nurmuhamedov Floyd Meyvezerga şart qöydi

Habib Nurmuhamedov Floyd Meyvezerga şart qöydi

Yengil vazn toifasi böyiça UFC çempioni Habib Nurmuhamedov Floyd Meyvezerga şart qöydi.

“U hali ham menga qarşi jang qilişni istayaptimi? Öylaymanki, u öz nomini tarixga muhrlab qöymoqçi. Bir neça kun oldin u tavallud ayyomini nişonladi. U 48 yoki 49 yoşni qarşi oldi. Mening otam neça yoşda bölsa, Meyvezer ham öşa yoşda. Qanday qilib unga qöl kötarişim mumkin, tuşunolmayapman. Agarda u çindan ham jang qilişni istasa UFC sport turi bilan şuğullansin. 

Men boksçi emasman, kuraşçiman, MMA jangçisiman. Agarda Meyvezer menga qarşi jang qilişni istasa, boks qoidalari böyiça, ringda har biri 3 daqiqadan iborat bölgan 11 raund jang qilamiz. Sönggi raundda esa 5 daqiqa MMA qoidalari böyiça bellaşamiz. Floyd 11 raund içida meni nokautga uçratadi, deb öylamayman. Sönggi raundda u nima qiladi? Men uni oktagonda yirtib taşlayman. Floyd öz işining ustasi, professional boksçi. 

Lekin u meni nokautga uçrata olmaydi”, deydi Habib Nurmuhamedov

Maʼlumot örnida, Habib Nurmuhamedov şu kunga qadar UFC’dagi professional faoliyatida 28 marotaba jang ötkazgan va ularning barçasida ğalaba qozongan. 

Eslatib ötamiz,  18 aprel kuni Habib Nurmuhamedov va Toni Fergyuson örtasida navbatdagi jang bölib ötadi. Uşbu jang Nyu-Yorkda bölib ötadi. Ayni paytda ikki sportçi ham bölajak jang uçun AQŞda tayyorgarlik olib bormoqda.

×