Tobora yolğiz qolayotgan Falastin. Arab davlatlari Falastin ortidan piçoq urdimi? (tahlil)

Tobora yolğiz qolayotgan Falastin. Arab davlatlari Falastin ortidan piçoq urdimi? (tahlil)

4 aprel kuni (hijriy yil hisobi böyiça: Ramazon oyining 14 kuni) keçqurun Isroil xavfsizlik kuçlari Quddusdagi masjid Al-Aqsoga bostirib kirdi.

Manbalarga köra, seşanba kuni keçqurun Isroil xavfsizlik kuçlari masjidning namozxonasiga bostirib kirib, u yerdagi falastinliklarga şovqinli granatalar, zaharli gaz, rezina öqlar va boşqa vositalar bilan hujum qilgan.

Falastin asirlari qömitasi vakili Riyod al-Aşkarining jurnalistlarga bergan maʼlumotiga köra, hujum natijasida 200 dan ortiq falastinlik qölga olingan. 100 ga yaqin inson esa yaralangan. Qölga olinganlar esa Isroilning Quddusdagi Anatadagi harbiy bazasiga yuborilgan.

Musulmon dunyosi ğazabda – Isroil politsiyasi ötgan yil Ramazon oyidagi qilmişini bu yil ham takrorladi

Isroil xavfsizlik kuçlari nega har Ramazon oyida masjid Al-Aqsoga bostirib kirişi haqida öylab körganmisiz? Ha, masala odamni öylantirib qöyadi. XX asrda vujudga kelgan Yaqin Şarq muammosi bugungi kungaça öz yeçimini topa olmay kelmoqda. Nega bugungi kunda arab davlatlari bir bölib, Falastinni qöllamaydi?

Agar tarixga nazar taşlasak, Isroil kuçlarining masjid Al-Aqasoga uyuştirayotgan hujumlari aynan Ramazon oyida yuz berganiga guvoh bölasiz.

Söz isboti bilan deganlaridek, dalillarni sanaşga ötsak:

2021 yil 7 may – Ramazon oyining 25 kuni Isroil politsiyasi taroveh namozini öqiyotgan bir pallada masjid Al-Aqsoga bostirib kirdi. Buning natijasida örta katta töqnaşuv sodir bölib, mojaroning quloçi yoyilib, ikki örtada uruş kelib çiqqan edi.

image

11 kun davom etgan öşa qonli töqnaşuvlarda Ğazo sektorida yaşovçi 232 nafar arab halok bölgan va 1900 ga yaqini jarohat olgan. Isroil tomondan esa 12 nafar inson vafot etgan, yuzlab odamlar yaralangandi.

Bu fojiadan bir yil ötganidan keyin, aniqroği, 2022 yilning 22 aprel kuni – Ramazon oyining 22 kuni (juma kuni) bomdod namozidan keyin Isroil politsiyasi Al-Aqso masjidiga yana bostirib kirdi.

Bugun ham Isroil xavfsizlik kuçlari aynan Ramazon oyida musulmonlarning birinçi qiblasi hisoblanmiş masjidga bostirib kirdi. Xöş, bundan közlangan maqsad nima?

Arab davlatlari Falastinga xiyonat qildimi?

Sovuq uruş davrida Arab davlatlari (Misr, Iordaniya, Iroq, Suriya, Livan, Saudiya Arabistoni, Yaman)ni SSSR, Isroilni esa AQŞ ham harbiy, ham moliyaviy tomondan dastakladi. Biroq SSSR parçalangaç, arab davlatlarini Isroilga qarşi qurollantiruvçi kuç yöq böldi. Şundan söng arab davlatlari birin-ketin AQŞ tomoniga oğa boşladi.

Bir vaqtlar Isroilga qarşi qurol kötargan arab mamlakatlari bugun Isroilning yaqin hamkorlari hisoblanadi.

Ayniqsa, AQŞning 46-prezidenti Donald Tramp arab davlatlari bilan Isroilni yaraştirişda jonbozlik körsatdi. Aynan u 2018 yilda Isroil rasmiy idoralarini Tel-Avivdan Quddusga köçirişini qöllab, Quddusni Isroil poytaxti deb eʼlon qildi.

undefined

Aynan Tramp davri (2017-2021yillar)da arab mamlakatlari Isroil bilan taşqi aloqalarni jadal tarzda tikladi. Masalan, 2020 yilning avgust oyida AQŞ vositaçiligida Birlaşgan Arab Amirligi (BAA) Isroil bilan munosabatlarni töliq normallaştiriş böyiça kelişuvga qöl qöydi. Oktyabr oyida esa Bahrayn Isroil bilan diplomatik aloqalarni örnatdi. Falastin rahbariyati esa bu kelişuvlarni «ortdan urilgan piçoq» deb atadi.

2020 yil oxiriga kelib, BAA, Bahrayn, Sudan va Marokaş Isroil bilan töliq tartibga solinadigan iqtisodiy va diplomatik munosabatlarni örnatib bölgan edi. Misr (1979) va Iordaniya (1994) qolganlardan köra oldinroq Isroilga qöl berib bölgandi. Arab davlatlaridan faqatgina Saudiya Isroil bilan hamkorlikni yölga qöymagan edi.

AQŞ Saudiya Arabistoni va Isroilni keliştiriş uçun köp ter tökdi. Biroq hokimiyatiga Jo Bayden kelgaç, bu harakatlar havoga uçdi, qöydi.

Turkiya Falastinning yagona xaloskorimi?

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon Yaqin Şarq muammosini köp bor tilga olib keladi. Ammo şu vaqtga qadar Turkiya amaliy jihatdan Falastinga na harbiy, na iqtisodiy yordam berdi,

Buni bir neçta sabablari bor. Masalan, agar Turkiya Falastinni amaliy qöllab-quvvatlaşni boşlasa, katta ehtimol bilan NATO tarkibidan çiqarib yuborilişi mumkin. Tabiiyki, Alyans tarkibidan çiqiş Turkiya manfaatlariga töğri kelmaydi. Bundan taşqari, Turkiyada AQŞning bir neça harbiy istehkomlari ham borligini esdan çiqariş kerak emas.

Muxtasar qilib aytganda, Isroil deyarli barça arab davlatlari bilan kelişuvga erişib, asta-sekin Quddusni egallaş taraddudida. Arab mamlakatlarining Falastindagi voqealarga kuppa-kunduz kuni köz yumişi Isroilni yanada ilhomlantirayotgan bölsa ajab emas.


×