Turkiya Prezidenti AQŞga şart qöydi

Turkiya Prezidenti AQŞga şart qöydi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Islom hamkorlik taşkiloti sammitidan söng "AQŞ Prezidenti Ğazo şahri Falastin xalqiga tegişli ekanini tan olişi kerak"ligini aytdi. Aks holda, Yaqin Şarqdagi mojaro hal etilmaydi, degan u öz bayonotida. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

Erdöğan Ar-Riyodda bölib ötgan Ğazodagi vaziyat böyiça gapirdi.

“Musulmonlar öldirilganda BMT va boşqa xalqaro taşkilotlarning samarasiz va kör ekaniga yana bir bor guvoh böldik. Xalqaro hamjamiyat Ğazodagi qirğinlarga qarşi çora körişi kerak. Biroq BMT Xavfsizlik kengaşining yana faol emasligini körmoqdamiz”, degan u.

Şuningdek, Turkiya yetakçisi Isroil—Falastin mojarosida AQŞning pozitsiyasini tanqid qilib, Vaşington sektorni Isroil hududi deb hisoblasa, Turkiya va AQŞ örtasida Ğazo böyiça kelişuvga erişib bölmasligini aytgan.

“Bir qator davlatlar hukumati özlarining imperialistik manfaatlari yölida Isroilni oqlaşga intilayotgan bölsalar-da, ularning jamiyatlari nazarida Isroil bolalarning qotili bölgan mamlakatdir”, deya qöşimça qilgan Erdöğan.

Erdöğan yana bir bor Falastinning HAMAS harakati “terrorçi taşkilot emas, balki öz yerlarini himoya qiliş va vatani uçun bor kuçi bilan kuraşayotgan odamlar” ekanini aytdi. Şuningdek, Turkiyaning mintaqadagi roliga ham töxtalib ötgan.

“Uşbu geografiyada Turkiyani hisobga olmasdan turib, taşabbus körsatiş yoki rejalar tuziş mumkin emas. Mintaqamiz ön minglab kilometr uzoqlikda joylaşgan va bu yerda öz taʼsirini örnatmoqçi bölgan davlatlardan zudlik bilan xalos bölişi kerak”, degan Turkiya rahbari.


Teglar:
×