Maktablarda 4-çorak qaçondan boşlanişi maʼlum böldi

Maktablarda 4-çorak qaçondan boşlanişi maʼlum böldi

Maktablarda 20 mart kunidan boşlab 2020-2021 öquv yilining bahorgi taʼtili boşlangani haqida avvalroq xabar qililgan edi.

Hozirda Xalq taʼlimi vazirligiga yurtdoşlarimizdan bahorgi taʼtil uzaytirildimi degan juda köplab savollar kelib tuşmoqda. Mazkur savolga javoban vazirlik bahorgi taʼtil 28 martgaça davom etişi, 4-çorakning ilk kuni 29 mart ekanligini yana bir bor maʼlum qiladi.

Şuningdek yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda gibrid şakldagi taʼlimga ruxsat etilganligini, qaysidir maktab yoki hududdagi epidemiologik vaziyatga qarab maktab karantinga yopiladigan bölsa, uşbu maktab öquvçilari vaziyat barqarorlaşguniga qadar vaqtinça taʼlimni onlayn şaklda davom ettirişi mumkinligini eslatib ötamiz.

×