Tezkor: AQŞ bugun Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni qabul qiladi

Tezkor: AQŞ bugun Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni qabul qiladi

AQŞ bugun, 22 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olgani uçun Rossiyaga nisbatan çeklov çoralarini joriy qiladi. Bu haqda mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild maʼlum qildi. 

“Ertaga (22 fevral) Qöşma Ştatlar Rossiyaga xalqaro huquqni oçiq-oydin buzgani uçun sanktsiyalar kiritadi”, deydi u Ukrainadagi vaziyat böyiça BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişidan söng. 

Doimiy vakil, şuningdek, Rossiyani “muzokaralar stoliga qaytişga va tinçlikni taʼminlaşga harakat qilişga” çaqirdi. 

Diplomatik yöl

Tomas-Grinfildning urğulaşiça, Rossiya hukumati uruş boşlamasligi kerak, diplomatik yöldan borişi şart. 

“Xavfsizlik Kengaşining uşbu favqulodda yiğilişi sönggi bir neça hafta içida Rossiya, Rossiyaning Ukrainaga tahdidi böyiça uçinçi yiğilişdir va siz Xavfsizlik Kengaşining qolgan aʼzolaridan Rossiya uruş boşlamasligi kerakligi haqidagi yagona pozitsiyani uçinçi marta eşitasiz. Rossiya diplomatiyani birinçi öringa qöyişi, Ukrainaga, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga asossiz hujumlarni davom ettirmasligi, BMT Nizomining asosiy tamoyillariga qarşi çiqmasligi kerak”, deydi doimiy vakil.

Uning eslatişiça, 23 fevral kuni BMT Boş Assambleyasining Ukrainadagi vaziyat böyiça anʼanaviy yillik yiğilişi bölib ötadi. Doimiy vakilning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar bugungidek Ukrainani va BMT Nizomini qöllab-quvvatlovçi kuçli bayonotlarni, şuningdek, Rossiyani öz harbiy harakatlarini töxtatişga çaqiruvçi jörlikni eşitişni kutmoqda.  

“Bu Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va biz bilgan xalqaro tartibimizni himoya qiliş vaqti”, deydi Tomas-Grinfild. 

×