8 iyun kuni Toşkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlaş boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Namangan viloyatida ötkazilgan tadbir davomida qidiruvdagi şaxs qölga olindi.
Maʼlum bölişça, bundan neça muddat oldin Namangan şahrida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan Ibrohim X. Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi, 228-moddasi 2-qismi «b» bandi, 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etib, tergovdan yaşirinib yurganligi sababli Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan.
Mazkur qidiruv asosida Toşkent viloyati IIBB XTTB va Zangiota tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan viloyatida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida uşbu şaxs qölga olinib, Zangiota tumani IIB olib kelingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









