U ekstremistik oqim ğoyalarini qöllab-quvvatlab, xalqaro terroristik taşkilotlar safida jangovar harakatlarda iştirok etgan.
Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan çet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, xalqaro terroristik taşkilotlarga aloqadorligi uçun 25 yildan ortiq qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi joriy yilning noyabr oyida xorijda uşlanib, mamlakatga olib kelindi.
Diniy ekstremistik oqim ğoyalarini qöllab-quvvatlab, “hijrat” va “jihod” qilişni maqsad qilgan uşbu şaxs 1999 yilda Özbekistondan çiqib ketgan hamda Afğoniston, Pokiston va Suriya davlatlari hududlaridagi xalqaro terroristik taşkilotlar safida jangovar harakatlarda iştirok etgan.
Özganing nomiga rasmiylaştirilgan soxta hujjatlar asosida yaşirinib yurgan mazkur şaxs MDHga aʼzo davlatlardan birida qölga olindi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 154- (yollaniş), 155- (terrorizm), 159- (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) va boşqa moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.









