AQŞ va Xitoy örtasidagi ehtimoliy mojaro barça uçun halokatli böladi – Blinken

AQŞ va Xitoy örtasidagi ehtimoliy mojaro barça uçun halokatli böladi – Blinken

Amerika Qöşma Ştatlari Xitoy bilan raqobati mojaroga aylanib ketişiga yöl qöymaslik tarafdori. Bu haqda AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken maʼlum qildi. 

“Prezident (Jo) Bayden ötgan oy Xitoy rahbari Si Tszinpinga şunday degan edi: biz mamlakatlarimiz örtasidagi raqobat ziddiyatga aylanmasligi uçun masʼuliyatni çuqur his qilamiz. Biz bu masʼuliyatni öta jiddiylik bilan öz zimmamizga olamiz”, degan Blinken. 

Amerika diplomatiyasi rahbari, aks holda bunday mojaroning oqibatlari “barça uçun halokatli bölişini” taʼkidlagan. 

Sönggi paytlarda AQŞ Xitoyni Tayvan atrofida harbiy faollikni oşirganlikda ayblamoqda. Ötgan hafta Oq uy Qöşma Ştatlar orol egallab olinişining oldini oliş uçun hamma narsa qilişini aytgan. 

Pekin esa Vaşingtonni Tayvan mustaqilligi tarafdorlarini qöllab-quvvatlayotgani uçun tanqid qiladi. Qöşma Ştatlar birlaşgan Xitoy siyosatini rasman tan oladi, lekin Tayvan bilan keng aloqalarni saqlab qoladi. 

Maʼlumot örnida, XXR va Qöşma Ştatlar örtasidagi munosabatlar Donald Tramp prezidentligi davrida, Qöşma Ştatlar savdo uruşini boşlab, Xitoyning texnologik kompaniyalari, jumladan Huawei va ZTE’ga ortiqça bosim ötkaza boşlaganida keskin yomonlaşdi. 

Pekin anʼanaviy tarzda Vaşingtonning barça harakatlariga norozilik bildiradi, ayblovlarni rad etadi va ikki davlat örtasidagi munosabatlarni töğri yölga qaytarişga çaqiradi. Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan söng ham ikki davlat örtasidagi munosabatlarda iliqlik alomatlari sezilmadi.

×