KXDR sobiq yetakçisi Kim Çen Ir vafotining ön yilligi munosabati bilan 11 kunlik motam eʼlon qilindi.
Şimoliy Koreya rasmiylari KXDR sobiq yetakçisi Kim Çen Ir vafotining ön yilligi munosabati bilan ötkazilgan 11 kunlik motam çoğida aholiga kuliş, tuğilgan kunni nişonlaş, yaqinlarini dafn etiş va baland ovozda yiğlaşni taqiqladi, deb xabar berdi RFA.
Qayd etilişiça, motam paytida mahalliy aholi böş vaqtlarini dam oliş maskanlarida ötkaza olmaydi, xarid qiliş va spirtli içimliklar içiş mumkin emas.
Ötgan yilgi motam kunlarida mast holatdagi fuqarolar hibsga olingan edi. Mahalliy aholining sözlariga köra, bunday odamlar mafkuraviy jinoyatçilar hisoblanib, olib ketilgan va ularni boşqa heç kim körmagan.
Xabaringiz bor, Kim Çen Ir 1994 yilda otasi Kim Ir Sen vafotidan söng Şimoliy Koreya rahbari bölgan va 2011 yilgaça yaʼni vafotiga qadar mamlakatni boşqargan.
Kim Çen Ir vafotidan söng hokimiyat yana meros böyiça uning öğli Kim Çen Inga ötdi.









