Özbekistonning Rossiyadan gaz importi uçun barça infratuzilmasi tayyor – OAV

Özbekistonning Rossiyadan gaz importi uçun barça infratuzilmasi tayyor – OAV

Özbekistondagi infratuzilma 1 oktyabrdan boşlab Rossiyadan tabiiy gaz importi uçun tayyor holga keltirildi.

«Biz 1 oktyabrdan Rossiya gazini qabul qilişga tayyormiz. Gaz quvurlarimiz yuqori bosimli gazni qabul qilişga moslaştirilgan», – deya Özbekiston energetika vazirligi vakilining gaplaridan iqtibos keltiradi «RIA Novosti».

Joriy yil 16 iyun kuni Özbekiston hukumati va «Gazprom» Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida tabiiy gaz importi böyiça şartnoma imzolagan va keyinroq Özbekiston tomoni kelişuv ikki yilga tuzilgani hamda yetkazib beriş 1 oktyabrdan boşlanişi rejalaştirilgani haqida maʼlum qilgan edi. Kelişuvga köra, xarid hajmi yiliga qariyb 2,8 milliard kub metrni taşkil qilişi kerak. 

Rus naşri, şuningdek, Özbekistondagi neft-gaz korxonalari quvvati haqida ayrim raqamlarni keltirmoqda.

Jumladan, qayd etilişiça, hozirda mazkur korxonalarda yiliga qariyb 70 milliard kub metr tabiiy gaz va 8 million tonna suyuq uglevodorod qazib oliş imkoni bor. Ammo zahiralarning tugaşi va texnologik yöqotişlar tufayli sönggi 15 yil içida uglevodorod qazib oliş sezilarli darajada kamaygan. Masalan, 2022 yil yakuniga köra, respublikada tabiiy gaz qazib oliş 2021 yilga nisbatan 4 foizga kamayib, 51,665 milliard kub metrni taşkil qilgan bölsa, neft qazib oliş 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 9,6 foizga kamaygan va 23,565 milliard kub metrni taşkil etgan.

Eslatib ötamiz, Rossiya gazi Qozoğiston orqali ötadigan «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali Özbekistonga yetkazib beriladi.


Teglar:
×