Rasman: avtomobil importi uçun boj pasaytirildi, ammo...

Rasman: avtomobil importi uçun boj pasaytirildi, ammo...

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev keça, 21 fevral kuni “Avtotransport vositalarining içki bozori rivojlanişini rağbatlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga köra:

Avtomobillar olib kirişda bojxona tölovlari stavkalari ikki bosqiçda pasaytiriladi. Hujjat imzolangan paytdan boşlab 2023 yil 1 yanvarga qadar bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga qisqartiriladi. Bunda avtomobil dvigateli quvvati böyiça qöşimça koeffitsiyent miqdori ham qisqartiriladi. Avtomobil dvigatelining har bir kub sm uçun belgilangan qöşimça koeffitsiyentlar ham 2023 yil 1 yanvardan ikki barobarga pasayadi.

Ammo pasaytrilgan bojlar faqat çiqarilgan kundan boşlab Özbekiston bojxona çegarasini kesib ötiş vaqtida 1 yildan köp bölmagan (bundan oldin – 3 yildan köp bölmagan) yangi avtomobillarga nisbatan qöllaniladi.

Şuningdek, 2022 yil 1 apreldan “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransportni xarid qiliş böyiça şartnoma tuzgan şaxsga avtomatik ravişda rasmiylaştiriladigan hisob-maʼlumotni Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xizmatiga faqat elektron şaklda taqdim etiş amaliyoti joriy qilinadi. Şartnoma kimning nomiga rasmiylaştirilib, Yöl harakati xizmati bazasiga kiritilgan bölsa, avtotransport öşa şaxs nomiga rasmiylaştiriladi.

×