Özbekistonning JÇdagi barça raqiblari maʼlum böldi

Özbekistonning JÇdagi barça raqiblari maʼlum böldi

Özbekistonning Jahon çempionatidagi barça raqiblari maʼlum böldi. Kongo Demokratik Respublikasi sönggi yöllanmani qölga kiritdi.



Kongo DR terma jamoasi JÇ-2026 pley-off bahsida Yamayka jamoasi ustidan 1:0 (qöşimça vaqtlarda) hisobida ğalaba qozondi. Öyin Meksikadagi "Estadio Akron" stadionida bölib ötdi.

Asosiy vaqtda gollar urilmadi. Qöşimça bölimlarda yagona golga Aksel Tuanzebe (101-daqiqada) mualliflik qildi.

Kongo DR terma jamoasi AQŞ, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan JÇ-2026 ning “K” guruhida Portugaliya, Özbekiston va Kolumbiya jamoalari bilan birga bahs olib boradi.

Kongo Demokratik Respublikasi va Özbekiston örtasidagi 3-tur uçraşuvi 28 iyun kuni “Atlanta” stadionida ötkaziladi.


Teglar:
×