Özbekistonda qimmatbaho avtomobillar importi uçun imtiyozlar bekor qilinadi

Özbekistonda qimmatbaho avtomobillar importi uçun imtiyozlar bekor qilinadi

Özbekistonda 2020 yil 1 yanvardan qimmatbaho avtomobillar importi uçun imtiyozlar bekor qilinadi. Bu Prezident tomonidan 2 oktyabr kuni imzolangan qarorda közda tutilgan, deya xabar bermoqda Spot.

Işlab çiqarilganiga ikki yildan köp bölmagan hamda narxi 40 ming dollar va undan yuqori bölgan avtomobillar importi uçun imtiyozlar 2019 yil 1 yanvaridan kuçga kirgan edi.

Şundan beri qimmatbaho avtomobillarga nisbatan nol foizlik import boji stavkasi va 20 foiz miqdoridagi aktsiz soliği qöllanilayotgan edi, xolos. 2020 yil 1 yanvardan boşlab esa bu imtiyozlarning bari bekor qilinadi va ularga yana dvigatel hajmidan kelib çiqqan holda koeffitsiyent hisoblaş tartibi qöllanila boşlaydi.

Avvalroq özbekistonlik yil boşidan beri qimmatbaho avtomobillar importiga nisbatan joriy etilgan imtiyozlardan foydalangan holda, 600 dan ortiq premium avtomobillarni Özbekistonga olib kirgani haqida xabar berilgan edi.

×