“Tolibon”ning Energetika va suv vaziri vazifasini bajaruvçi Abdul Latif Mansur Afğoniston qöşni davlatlar bilan Amudaryo suvidan foydalaniş muammosini muhokama qilişga tayyorligini bildirdi. Bu haqda TOLONews xabar berdi.
“Öz xavotirini bildirganlar kelişuv asosida iş körişi kerak, lekin Afğonistonning heç kim bilan suv böyiça şartnomasi yöq. Biz ham bu borada heç qanday kelişuv yoki şartnoma tuzmaganmiz. Agar kelişuv buzilganida, biz albatta bunga çora körgan bölardik”, degan “Tolibon” vakili.
Avvalroq, Prezident Şavkat Mirziyoyev "Qöştepa" kanali qurilişi yuzasidan öz xavotirlarini bildirgan edi. Prezident uning işga tuşirilişi Markaziy Osiyodagi suv balansini tubdan özgartirişi mumkinligini aytgan.
Şu bilan birga, bir qança iqtisodçi va suv xöjaligi mutaxassislari ham hozirgi qurğoqçilik inqirozi tufayli mamlakatning turli hududlarida suv töğonlari quriş va suv resurslaridan unumli foydalaniş zarurligini taʼkidladilar.
“Biz Amudaryo suvidan foydalanişga mutlaqo haqlimiz. Bu huquq xalqaro konventsiyalar bilan Afğonistonga berilgan va davlatimiz Amudaryo suvining 27-30 foiziga egalik qiladi”, degan suv xöjaligi eksperti Najibulla Sadid.
“Hududda suv bilan boğliq nizolar bölişi mumkinligini kutgandik. Çunki biz mintaqadagi suv manbai bölib, bu suvni isteʼmol qilmasak ham, u boşqa davlatlar tomonidan suv resursi sifatida qaralmoqda”, deydi afğonistonlik iqtisodçi Sayid Mansur.
Eslatib ötamiz, Mirziyoyev Duşanbeda “Qöştepa” kanali masalasini kötargan edi.
“Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari, men ham "Qöştepa" kanali böyiça öz qaraşlarim bilan örtoqlaşmoqçiman. Mohiyat-eʼtiboriga köra, mintaqamizda suvdan foydalaniş jarayonida bizning mamlakatlarimiz bilan heç qanday majburiyat asosida boğlanmagan yangi iştirokçi paydo böldi. Şu munosabat bilan biz Afğoniston vakillarini suv resurslaridan birgalikda foydalaniş böyiça mintaqaviy muloqotga jalb etiş masalasini körib çiqişni taklif qilamiz”, degan edi Özbekiston Prezidenti.
Akobir Sayidov









