Xurşid Daliyev va Siyovuş Xoşimovdan bir qator ayblovlar olib taşlandi.
Kompromatuzb Telegram-kanali bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan yakuniy sud hukmi öqildi.
Xurşid Daliyev Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uçun asoslar) 1-bandiga asosan jinoyat işining ayrim epizodlari böyiça Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi va 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi (oqlandi). U JKning 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi (soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş) 3-qismi va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) va 61 (jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari) moddalari tartibida 3 yilga ommaviy axborot vositalarida işlaş hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 300 baravari miqdorida jarima va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlandi. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi umumiy tartibli koloniyalarda öttatirilişi belgilandi.
Siyovuş Xoşimov Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-bandiga asosan jinoyat işining ayrim epizodlari böyiça Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi va 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi (oqlandi). S. X. Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalari tartibida 3 yilga ommaviy axborot vositalarida işlaş hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi umumiy tartibli koloniyalarda öttatirilişi belgilandi.
A. A. Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-bandiga asosan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi va jinoyat işining ayrim epizodlari böyiça 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi (oqlandi). Unga nisbatan 165-moddasi 3-qismi “a” bandi böyiça eʼlon qilingan ayblovning qolgan epizodlari Jinoyat kodeksining 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yaşiriş) 1-qismiga qayta malakalandi. Şu tariqa A. A. Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
M. M. Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatiş) 4-qismi va 165-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlaş)ni qöllab, 59-moddasi tartibida 3 yilga ommaviy axborot vositalarida işlaş hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Şu bilan birga jinoyat işi doirasida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararni sudlanuvçilardan solidar tartibda undiriş belgilandi.









