Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov «Kabar» axborot agentligiga bergan intervyusida Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning davlat tili töğrisidagi qonunga nisbatan bildirgan eʼtiroziga javob qaytardi.
«Sergey Lavrov qonunni töliq öqib çiqmagan çoği. Unda rus tilini kamsitiş haqida biror jumla gap yöq. Aksinça, rus tili rasmiy lison sifatida qöllanişi qayd etilgan. Bu norma Konstitutsiyada ham mavjud bölib, kelgusida ham saqlanib qoladi”, – deydi Qirğiziston rahbari.
S.Japarovga köra, xalqaro miqyosdagi muzokaralarda ham rus tilining ahamiyati hamon katta.
«Biz boşqa jihatga urğu bermoqdamiz: öz tilimizni tölaqonli rivojlantiraylik. Davlat xizmatçilari, deputatlar yarim rus, yarim qirğizça çiqişlar qilayotganiga guvoh bölyapmiz. Heç kim toza rus yoki sof qirğiz tilida gapirmayapti. Aralaş-quralaş lahja! Şunga köra biz har ikki tilni munosib darajada biliş kerak deb hisoblaymiz. Şu bilan birga, ingliz, frantsuz, xitoy va boşqa xorijiy tillarni ham örganiş kerak. Qança köp til bilsangiz, şunça soz», – deydi S.Japarov.
Avval xabar berganimizdek, joriy yil may oyida Qirğiziston parlamenti davlat tiliga doir konstitutsiyaviy qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qildi.
Unga köra, qirğiz tilini örta (B1) darajada bilmaydigan fuqarolar davlat va mahalliy boşqaruv tizimida işlaşi mumkin emas. Teleradiokompaniyalar öz ijodiy mahsulotlarining yarmidan köpini qirğiz tilida tayyorlaşi kerak. Veb-saytlarning qirğiz tilidagi versiyasida boşqa tillardagi versiyalardan kam axborot joylaştirilişi ham mumkin emas.
Konstitutsiyaviy hujjat 17 iyul kuni prezident Sadir Japarov tomonidan imzolanişi ortidan Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov unga eʼtiroz bildirdi. Markaziy Osiyoda davlat tili qonunçiligiga eʼtibor kuçayayotganidan noroziligini yaşirmagan Rossiya boş diplomati Qirğizistonda qabul qilingan hujjatni demokratiyaga zid deb yozğirgan.
Kuzatuvçilar Kreml vakilining uşbu bayonotini suveren maqomdagi davlat içki işlariga aralaşuv deya baholagan.









