Ikkiyuzlamaçi siyosatçilar faktlarni özgartira olmaydi – Xitoy TIV Trampga javob qaytardi

Ikkiyuzlamaçi siyosatçilar faktlarni özgartira olmaydi – Xitoy TIV Trampga javob qaytardi

Xitoy rasmiylari AQŞning sobiq Prezidenti Donald Trampni tuhmatlari real faktlarni özgartirişga qodir bölmagan “ikkiyuzlamaçi siyosatçi” deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 20 dekabr kuni Xitoy Taşqi işlar vazirligi Matbuot kotibi Çjao Litszyan maʼlum qildi.

“Bunday ikkiyuzlamaçi siyosatçilar aybni boşqalarning zimmasiga yuklaşga qançalik urinmasin, haqiqiy faktlarni özgartira olmaydi. Tramp bir neça bor pandemiya uçun javobgarlikni Xitoy zimmasiga yuklamoqçi bölgan, ammo bu bilan u AQŞda koronavirus tarqalişi uçun birinçi navbatda özi aybdor ekanini doimo eslatib turmoqda”, dedi u brifingda.

Çjao Litszyanning taʼkidlaşiça, Trampning Xitoy AQŞga zarar yetkazayotgani haqidagi daʼvolari mutlaqo haqiqatga töğri kelmaydi. Xitoy-AQŞ munosabatlari tabiatan özaro manfaatli”.

Şuningdek, u Amerika Qöşma Ştatlari rasmiylari “bozor iqtisodiyoti tamoyillarini mensimagan holda” Xitoy kompaniyalariga doimiy ravişda bosim ötkazayotganini eslatgan.

Avvalroq Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Xitoy SARS-COV-2 koronavirusi paydo bölişi va tarqalişi uçun aybdor ekanini, şu sababdan dunyoga tovon tölaşi kerakligini aytgandi. U, şuningdek, Amerika iqtisodiyoti Xitoy siyosati tufayli yiliga 500 milliard dollar yöqotayotganini taʼkidlagan.

Telekanal jurnalisti bilan suhbati çoğida sobiq Prezident Xitoy raisi Si Tszinpinni “qotil” deb atagandi.

×