Polşada hukmron “Qonun va adolat” partiyasi yetakçisi, respublika Boş vaziri örinbosari Yaroslav Kaçinskiy Ukrainaga NATOning qurolli tinçlikparvar missiyasini yuborişni taklif qildi. Bu haqda keça, 15 mart kuni Kiyevda mamlakat rahbariyati bilan muzokaralar yakunlari böyiça ötkazilgan brifingda maʼlum qildi.
“Öylaymanki, bizga NATOning tinçlikparvarlik missiyasi yoki, ehtimol, özini himoya qila oladigan, şu davlat Prezidenti va hukumati roziligi bilan Ukraina hududida faoliyat yuritadigan kengroq tarkibdagi missiyasi kerak. Bu qurolsiz missiya bölmaydi. U tinçlikka xizmat qiladi, insonparvarlik yordamini olib yuradi. Şuningdek, tegişli kuçlar, qurolli kuçlar ham himoya faoliyatini davom ettiradi", deydi siyosatçi
Kaçinskiy ning sözlariga köra, Ukraina, Yevropa va butun demokratik dunyo hozir zudlik bilan uşbu qarorga muhtoj.
"Gap amallar va bu yerda juda zarur bölgan narsa – jasorat haqida ketmoqda. Afsuski, jasorat köpinça tişmaydi", deya qöşimça qildi u.
Boş vazir örinbosari Kiyevga Polşa, Sloveniya va Çexiya Boş vazirlari bilan poyezdda yetib keldi. Ular Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşdi.
Bu delegatsiya Yevropa Ittifoqi vakili ekanligi maʼlum qilindi. Varşavada xabar qilinganidek, taşrifdan maqsad butun Yevropa Ittifoqining Ukraina suvereniteti va mustaqilligini sözsiz qöllab-quvvatlaşini tasdiqlaş, şuningdek, Ukraina davlati va jamiyatiga keng kölamli yordam paketini taqdim etişdan iborat.









