Rossiyada özbekistonlik erkak KamAZda politsiya idorasiga hujum qildi

Rossiyada özbekistonlik erkak KamAZda politsiya idorasiga hujum qildi

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida 36 yoşli Özbekiston fuqarosi yuk maşinasida politsiya binosiga hujum qildi. Bu haqda viloyat Tergov qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 12 sentyabrga ötar keçasi haydovçi KamAZ yuk maşinasida Dzerjinsk şahridagi 2-son politsiya tayanç punkti binosiga yaqinlaşib, maşinaga örnatilgan manipulyator kran yordamida beton blokni kötarib, binoga zarba berişni boşlagan. Birinçi zarba kiriş eşigiga, yana biri devorga urilgan. Oqibatda, politsiyaçilar bino içida qamalib qolgan, haydovçi esa voqea joyidan qoçib ketgan. 

Politsiya bölimida “Qalʼa” rejimi, şaharda esa “Qölga oliş” operatsiyasi boşlangan. Oradan 2 soat vaqt ötib, haydovçi qölga olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari 24 marta öq uzib, transport vositasining ğildiragini teşiş orqali uni töxtatib qolgan.

“Haydovçi nega bunday qilganini tuşuntirib berolmadi”, deyiladi xabarda.

Hozirda ayblanuvçiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi (bezorilik, yaʼni fuqarolarga nisbatan zöravonlik tahdidi bilan sodir etilgan, jamiyatga nisbatan aniq hurmatsizlikni ifodalovçi jamoat tartibini qöpol ravişda buziş) 1-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi oçilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Leningrad viloyatida özbekistonlik erkak KamAZ yuk maşinasida bir guruh velosipedçilarni bosib ketgan edi. Oqibatda ikki nafar sportçi qiz voqea joyida halok bölgan. 69 yoşli murabbiy va 7 nafar bola esa turli darajada tan jarohati olgan.


Teglar:
×